Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Venezuela Caciques» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining to‘rtinchi jangi bo‘lib o‘tdi.
-75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Isroil Madrimov «Venezuela Caciques» vakili Keyber Gonsalesga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang Madrimovning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, besh raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra «Uzbek Tigers» vakili Isroil Madrimov 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu jangdan so‘ng «Uzbek Tigers» - «Venezuela Caciques» jamoalari o‘rtasidagi umumiy hisob 4:0 ko‘rinishini oldi.

Navbatdagi jangda -91 kg vazn toifasi vakili Sanjar Tursunov Xuan Visente Diasga qarshi ringga chiqadi.










