Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Venezuela Caciques» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining navbatdagi jangi bo‘lib o‘tdi.
-64 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Aliyor Noraliyev «Venezuela Caciques» vakili Kristian Palasioga qarshi ringga ko‘tarildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, besh raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra «Uzbek Tigers» vakili Aliyor Noraliyev 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu jangdan so‘ng «Uzbek Tigers» - «Venezuela Caciques» jamoalari o‘rtasidagi umumiy hisob 3:0 ko‘rinishini oldi.


Navbatdagi jangda -75 kg vazn toifasi vakili Isroil Madrimov Keyber Gonsalesga qarshi ringga chiqadi.










