Ta'kidlanishicha, Mugabe iste'foga chiqqanida, uning oilasidan rasmiy qarorgohdan narsalarni olib chiqib ketish so‘ralgan. Cheklangan vaqt sababli ma'lum bir buyumlar vertolyot maydonchasi yonida yopiq qutilarda qoldirilgan.
Narsalar yo‘qolgani seshanba, 3 aprel kuni ma'lum bo‘ldi. O‘sha kuni qolgan buyumlar Mugabening Borroudeyldagi xususiy qarorgohiga olib ketildi. Sobiq birinchi xonim Greys Mugabe politsiyaga ariza yozdi, buni uning advokati tasdiqladi.
Iddao etilishicha, kompyuterlarni maktablarga xayriya qilish rejada bo‘lgan.











