Uchrashuvning boshida mezbonlar vakili Vladimir Bubanya tomonidan kiritilgan yagona gol urchashuv taqdirini hal qildi. Poytaxtliklar qanchalik urinishmasin raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi va natijada Mirko Yyelichich shogirdlari 4-turdan keyin ikkinchi mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.
Ushbu g‘alaba OKMK uchun birinchisi bo‘ldi va jamoa ochkolari sonini 4taga yetkazib, aynan shuncha ochko to‘plagan «Loko» bilan 8-9 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.
O‘zbekiston superligasi, 4-tur
OKMK – «Lokomotiv» 1:0 (0:0)
Gol: Vladimir Bubanya (4).
OKMK: 33.Pavel Matyash, 2.Abduqahhor Hojiakbarov, 4.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shohnazar Norbekov, 13.Lutfulla To‘rayev (s), 15.Vladimir Bubanya, 21.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 19.Vladislav Kasminin, 23.Yovan Jokich, 24.Javlon Guseynov, 87.Vadim Chemirtan.
«Lokomotiv»: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 6.Nivaldo (14.Aziz Omonov, 80), 7.Sadriddin Abdullayev, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev (27.Sardor Rashidov, 88), 19.Husniddin G‘ofurov (77.Diyorjon Turopov, 65), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev.
Hakamlar: A.Shukrullayev (Toshkent), S.Hakimov (Samarqand), Sh.Qamarov (Samarqand), G‘.Jo‘rayev (Namangan).











