“Saudiya Arabistoni yadro bombasiga ega bo‘lishga intilmaydi, biroq agar Eron o‘z yadro bombasini yaratsa, unda biz ham iloji boricha tezroq shunday qilamiz”, deb aytgan shahzoda boshlovchining “Ar-Riyodga Tehronga qarshi tura olish uchun atom bomba kerakmi?” degan savoliga javoban.

Bundan tashqari, saudiyalik shahzoda Eron Saudiya Arabistonining raqobatchisi bo‘la olmasligini aytdi.

“Eron Saudiya Arabistoni raqobatchisi hisoblanmaydi. Eron armiyasi musulmon olami armiyalarining yetakchi beshligiga kirmaydi. Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti Eronnikidan kattaroq. Eron Saudiya Arabistoniga teng kelishdan hali ancha yiroq”, deb aytgan Muhammad bin Salmon.