Ta'kidlanishicha, 18 nafar zobitga oddiy umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan bo‘lsa, 47 nafari – saqlash sharoitlari ancha qattiq bo‘lishni nazarda tutuvchi umrbod qamoqqa mahkum etildi.

Turkiyada bir guruh askarlar va zobitlar 2016 yilning 16 iyuliga o‘tar kechasi davlat to‘ntarishiga urinishni amalga oshirdi. Istanbul va Anqarada ro‘y bergan to‘qnashuvlar natijasida 249 kishi halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq odam jabrlandi.