Uning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv yong‘in va odamlarning halok bo‘lishi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni tergov qilish doirasida olib borilmoqda. Uni tergov qilish bilan IIV tergov-tezkor guruhi shug‘ullanmoqda, u O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ishlamoqda.

IID boshlig‘ining ta'kidlashicha, u ish bo‘yicha boshqa tafsilotlarni tergov manfaati tufayli ochiqlay olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekiston fuqarolari edi. Avvalroq Aqto‘be fojiasidan omon qolgan yigit o‘zi ko‘rgan dahshatlarni bayon etgandi.