Gap shundaki, bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining dastlabki tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Oldinroq telekanal ushbu uchrashuvlarning barchasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatishi haqida xabar bergandi.

Bugun soat 18:00da telekanal orqali Superliganing 1-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» - «Lokomotiv» o‘yini, 20:00da esa «Neftchi» - «Nasaf» uchrashuvi jonli efirda namoyish etiladi.

«Uzbek Tigers»ning «Colombia Heroicos»ga qarshi janglari esa soat 22:00dan boshlab yozib olingan holatda namoyish etiladi.