Film «Hollivudda bir paytlar» nomini oldi. Kartina voqealari 1969 yilda kechadi, syujyet esa seriyali qotil Charlz Mensonning sektasi va rejissyor Roman Polanski rafiqasi Sheron Teytning o‘ldirilishi atrofida quriladi.

DiKaprio teleserial sobiq aktyori Rik Dalton obrazini yaratsa, Pitt – uning kaskadyori Kliff Butni. Har ikki qahramon o‘z o‘rnini topa olmaydi va Hollivudni tanimaydi. Syujyetga ko‘ra, Teyt Daltonning qo‘shnisi bo‘ladi.

Tarantinoning tan olishicha, yangi film ssenariysini besh yil davomida yozgan.

«Men Los-Anjyeles va endi yo‘q bo‘lgan Hollivud haqida bu hikoyani aytib berishdan juda xursandman. DiKaprio va Pitt jamoaning bir qismiga aylangani hamda Rik va Kliffni o‘ynashidan behad mamnunman», - deya ma'lum qildi rejissyor.

Film 2019 yilning 9 avgust kuni – Sheron Teyt Mensonning sektasi a'zolari tomonidan o‘ldirilganidan roppa-rosa 50 yil o‘tib ekranlarga chiqadi.