Bugungi kun dasturidan 4ta medallar jamg‘armasi o‘ynaladi. Hozirgacha ikkita sport turida g‘oliblar nomi aniq bo‘lib ulgurdi. Ayollar o‘rtasida kyorling bahslarida Shvetsiya terma jamoasi finalda Janubiy Koreya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, to‘rt kishilik bobsleyda Germaniya terma jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi. Natijada nemislar oltinlari sonini 14taga yetkazib olib, medallar jamg‘armasida Norvegiyadan yetakchilikni tortib oldi.

Shuningdek yana ikkita medallar komplekti o‘z egalarini topishi kerak. Ayni vaqtda hokkey bo‘yicha finalda Rossiyalik olimpiyachi atletlar Germaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib borayotgan bo‘lsa, birozdan so‘ng ayollar chang‘i poygalarida 30 km masofaga mass-startda g‘oliblarni aniqlab olishadi.

Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya
25 fevral kuni o‘ynaladigan barcha medallar

Kyorling
Ayollar
1. Shvetsiya
2. Janubiy Koreya
3. Yaponiya

Bobsley
Erkaklar
To‘rtlik

1. Germaniya
2. Germaniya
2. Janubiy Koreya

Hokkey
Erkaklar
Final
Rossiyalik olimpiyachi atletlar - Germaniya
Boshlangan vaqti – 9:10

Chang‘i poygalari
Ayollar
Mass-start, 30 km
Boshlanish vaqti – 11:15

Umumjamoa hisobida medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami)

1. Germaniya – 14-9-7 (30)
2. Norvegiya – 13-14-11 (38)
3. Kanada – 11-8-10 (31)
4. AQSh – 9-8-6 (23)
5. Niderlandiya – 8-6-6 (20)
6. Shvetsiya – 7-5-0 (12)
7. Janubiy Koreya – 5-8-4 (17)
8. Shveytsariya – 5-6-4 (15) 
9. Fransiya – 5-4-6 (15)
10. Avstriya – 5-3-6 (14)