Markaz shifokorlari tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, to‘rt chaqaloq 26 yanvar kuni -  800, 1800, 1950, 1815 gramm vaznga ega holda tug‘ilgan.

Viloyat perinatal Markazi bosh shifokori bilan bog‘langanimizda, tibbiyot xodimi onaning sog‘ligi qoniqarli holatdaligi, chaqaloqlarning sutka davomida tajribali mutaxassislar nazoratida ekanligini bildirdi.

foto:kun.uz

Bugun Andijon viloyat adliya boshqarmasi va Oltinko‘l tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi egizaklarga - Sultonboyev Muhammadsodiq, Sultonboyev Muhammadsolih, Sultonboyev Muhammadishoq va Sultonboyev Muhammadsafo ismlari bilan tug‘ilganlik guvohnomasi va esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

foto:kun.uz

Oltinko‘l tuman hokimi Baxtimurod Karimov va tuman mutasaddilari chaqaloqlarning durkun va sog‘lom ulg‘ayishlari uchun ularning ota-onalariga eng kerakli bo‘lgan anjomlar va uy-ro‘zg‘or buyumlarini sovg‘a qildi.          

foto:kun.uz

               

 KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon