Gubernatordan xavfsizlik xizmatlari ikki daqiqadan so‘ng tahdid haqidagi xabar yolg‘on bo‘lganini aytishgan bo‘lsa-da, nega u trevogani 17 daqiqadan so‘ng bekor qilgani haqida so‘rashdi.

«Men o‘sha paytda Havayi shtatining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqarmasi va boshqa idoralarga qo‘ng‘iroq qilayotgan edim. Shuni tan olish kerakki, men tvitterdagi sahifam logini va unga kirish uchun maxfiy so‘zni bilmayman, bu men o‘zgartirgan bandlardan biri bo‘ldi. Men ularni telefonga yozib oldim, bu bizda ijtimoiy tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish uchun imkoniyat bo‘lishi kerak», - deya javob qaytardi Ayj.