Hisobot muallifi Tim Baklining ta'kidlashicha, AQShning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan voz kechishi Xitoyning tiklanuvchi energiya manbalari jahon bozorida o‘sishining muhim omili bo‘ldi.

Biroq Xitoy shu bilan birga yoqilg‘ining yonuvchi turlaridan hali voz kecha olmagan. Xitoy hali ham ko‘mirga tayanadi. Chunki mamlakatning energiyaga ehtiyojlari juda ulkan. Biroq Xitoyda oxirgi yillarda qo‘llanuvchi energiya manbalari turi ancha ko‘paygan. Hozirda Xitoy zaxiralar sifatida nafaqat ko‘mirdan, balki gidroenergetika, shamol energetikasi, quyosh energiyasi, bioenergetika va boshqa tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanmoqda.  

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, Xitoyda oxirgi o‘n yilliklarda energiyaning muqobil turlariga o‘tish darajasi o‘sgan bo‘lsa-da, mamlakat hali ham atrof-muhitning yuqori ifloslanish darajasini his qilmoqda. Oxirgi bir necha yil ichida mamlakat hukumati bu vaziyatni o‘zgartirish uchun jiddiy qadamlar qabul qildi, bu esa atmosferaga zararli moddalar chiqarilishi darajasini tartibga soluvchi yangi standartlarga mos kelmaydigan 40 foizgacha zavodlarning yopilishiga olib keldi.

Xalqaro energetika agentligi mutaxassislarining fikricha, Xitoyning ko‘mirga bog‘liqligi kamayib boradi, muqobil energiya loyihalariga investitsiyalari esa oshib boradi.