O‘tgan hafta Madagaskarga yopirilgan “Ava” tropik sikloni sababli 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.

“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 29 kishi halok bo‘lgan, 22 kishi bedarak yo‘qolgan, 17170 kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan va yana 83023 kishi jabrlangan”, deb ma'lum qilindi falokatlar xavfini boshqarish milliy byurosida.  

Tsiklon orolga 5 yanvarda yopirilgan hamda sel va toshqinlar keltirib chiqargan.