— Quruvchilarimiz Samarqandda yirik muz sporti saroyi qurishni rejalashtirishmoqda. Hozir ushbu saroyni barpo etish uchun yer tanlanmoqda. Balki So‘g‘diyonadagi istirohat bog‘ida tashkil etilar. Muz sporti saroyida qishin-yozin farzandlarimiz konkida uchish, figurali uchish, muz ustida raqs tushish kabi sport turlari bilan shug‘ullanishadi. Shuningdek, Samarqandda xokkey jamoasi ham tashkil etiladi, — dedi Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Toshkent shahrining Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida muz sporti saroyi ochilishi haqida ilgari xabar bergan edik.

O‘z muxbirimiz