«Ko‘ramiz, nima bo‘larkin? Men kelgusi jangim haqiqiy jang bo‘lishini xohlayman. Haqiqiy urishish. Bizda rosmana janglar qayerda bo‘lardi?! Ha, mening navbatdagi jangim aralash yakkakurashlar qoidalari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi», — degan sportchi. 

U World Wrestling Entertainment (WWE) anjumanida qatnashishiga doir savolga salbiy ohangda javob qaytardi. «WWE kurash tomoshasida ishtirok etish? Quysangiz-chi, WWE istagan joyiga boraversin», — deya qayd etgan irlandiyalik sportchi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil avgustida Makgregor Floyd Meyuezerga boks qoidasi bo‘yicha jangda mag‘lub bo‘lgandi. Amerikalik 10-raundda texnik nokaut bilan raqibini mag‘lub etdi.