O‘zbekiston «Rosoboroneksport» bilan respublika Harbiy havo kuchlari uchun 12ta Mi-35 hujumkor harbiy vertolyotlari sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bu haqda RIA Novosti o‘zining vaziyatdan xabardor manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

«Mi-35 vertolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga «oxirgi nuqta qo‘yildi». Barcha shartlar kelishib olindi, yetkazib berish ishlari 2018 yilda boshlanadi», degan agentlik suhbatdoshi.

U bu borada kelishuv RF bosh vaziri Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida amalga oshirilganini aytgan. Hozircha vertolyotlarni O‘zbekistonga yetkazib berish grafigi to‘g‘risida ma'lum qilinmadi.