Portugaliyalik mutaxassis ishchi kiyimini kiyib, zavod xodimlariga avtomobil yig‘ishda ko‘maklashdi.

«Har kim o‘z ishining ustasi hisoblanadi. Siz juda yaxshi jamoa ekansiz, 110% kuch sarflab ishlamoqdasiz. Sizlar diqqat-eʼtiborni jamlab, sifatli ish borishingiz lozim. Chunki odamlar sizlardan shuni kutmoqda. Sizlar juda muhim ish bilan band ekaningizni anglashingiz shart» - dedi Mourino ishchilarga murojaat qilib.