Zeppeltning ma'lumotlariga ko‘ra, bu qaror Rossiya terma jamoasining Janubiy Koreyaning Pxyonchxanidagi 2018 yilgi qishki Olimpiadada ishtirok etish huquqidan mahrum etishi mumkin.
“WADA Rossiya unga qo‘yilgan talablarni bajarmagani – davlatning aksildoping dasturiga aralashganini tan olmagani va sinovlar namunalari berilishini ta'minlamagani uchun RUSADA’ni tashkilot kodeksiga nomuvofiq deb tan olmoqda”, deb aytgan jurnalist.
RUSADA huquqlarining tiklanishi 16 noyabrda Seulda o‘tadigan yig‘ilishda ko‘rib chiqilishi mumkin.
12 noyabrda WADA bosh direktori Olive Niggli Rossiya tomondan Richard Maklaren boshchiligidagi mustaqil komissiya hisobotidagi xulosalarning tan olinmasligi rossiyalik sportchilarning Olimpiadaga borishlariga xalaqit berishi mumkinligini aytgan.
11 noyabrda WADA rossiyalik sportchilarning doping-sinovlari bo‘yicha ma'lumotlar bazasini qo‘lga kiritdi. Bu ma'lumotlar Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritilishiga olib kelishi mumkin. Xorijiy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya hukumati WADA’ga bu ma'lumotlarni taqdim qilishni istamagan, biroq ular agentlikka informator tomondan berilgan.











