VVS nashri zich grafik vaqtlarini hisoblab chiqdi va o‘sha muddatda eng tig‘iz taqvimda o‘ynaydigan jamoalarni aniqladi.

Unga ko‘ra, Boxing Day va undan oldingi tur — 23 dekabrdan 1 yanvarga qadar jamoalar to‘rttadan uchrashuv o‘tkazishga ulguradi. Eng tig‘iz taqvim «Lester»da kuzatiladi. Jamoa «Manchester Yunayted», «Uotford», «Liverpul» va «Haddersfild»ga qarshi o‘yinlarni 213 soat ichida o‘tkazadi.

Bu borada biroz omadi kulgan jamoa «Arsenal» bo‘lib turibdi — jamoa to‘rt uchrashuvni 290 soat ichida o‘tkazadi «Chelsi» esa 263 soat ichida bu vazifani bajaradi. Shuningdek «Brayton», «Byornli» va «Bornmut»da ham vaziyat jiddiyroq. Ular to‘rt o‘yinni 215 soat ichida o‘tkazishlari kerak bo‘ladi.