Quronboyevning tadbirda aytishicha, Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarni davlat nomidan qo‘llab-quvvatlovchi, bu borada huquqiy nuqtai nazardan vakolatga ega faqatgina ikkita tashkilot bor. Birinchisi – O‘zbekiston elchixonasi bo‘lsa, ikkinchisi elchixona qoshidagi konsullik idorasi. Bu borada turli xil firibgarlardan ehtiyot bo‘lish tavsiya qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda Rossiyaning Samara shahridagi maxsus saqlash joyida bo‘lgan va deportatsiyaga tushgan o‘zbekistonliklar taqdiri ham tilga olindi. Quronboyev hozirda bu masala bilan shug‘ullanilayotgani va bu borada yordam qilinishini ta'kidladi.
Tadbirda ta'kidlashicha, O‘zbekiston chegarasidan tashqarida yurgan har qanday fuqaro O‘zbekiston Respublikasi himoyasida hamda bu himoyani Tashqi ishlar vazirligi, konsullik vakolatxonalari, elchixonalar yo‘lga qo‘yib beradi.











