Bu Kataloniya parlamenti muxtoriyat mustaqilligini e'lon qilganidan buyon «Real»ning ushbu hududga ilk tashrifi edi. Eslatib o‘tamiz, siyosiy voqealar tufayli ushbu o‘yin keyinroq muddatga qoldirilishi mumkinligi haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Lekin o‘yin belgilangan vaqtda o‘tkazildi va Isko 12-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq ikkinchi bo‘limning boshlanishida «Jirona»ning o‘yini qovushdi hamda hisobda oldinga chiqib olib, o‘yin so‘ngiga qadar «Real»ning bosimlariga turib berishni uddalashdi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «Real» turnir jadvalidagi 3-o‘rnini saqlab qoldi. Chunki «Atletiko» ham ushbu turda o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tgan o‘yinda g‘alaba qozona olmadi — 1:1. Ikkinchi o‘rinda 24 ochko jamg‘argan «Valensiya» bormoqda. La Liga karvonboshisi «Barselona» 28 ochko to‘plagan.

Ispaniya La Ligasi. 10-tur

JIRONA – ReAL MADRID 2:1 (0:1)

Gollar: Stuani (54), Portu (58) – Isko (12),

JironaBunu, Espinosa, Xuanpe, Munesa, Aday, Pons, Portu (Kayode, 82), Garsiya (Timor, 75), Granel, Maffeo, Stuani (Moxika, 88).

Real MadridKasilya, Varan (Nacho, 46), Marselo (Vaskes, 66), Xakimi (Asensio, 66), Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Benzema, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Aday (87) — Modrich (45)

29 oktabr. Jirona. Montilivi munitsipal stadioni, 13.382 tomoshabin