«25 oktabr kungi holatga ko‘ra, hammasi bo‘lib 1231 ta kasallik qayd etilgan, ular orasida o‘lat ham bor. 124 kishi hayotdan ko‘z yumdi», - dedi u. Lindmayyerning qo‘shimcha qilishicha, kasal bo‘lgan 1231 kishidan 881 nafari tuzalib ketgan.
Madagaskarda o‘lat endemik kasallik bo‘lib, u yerda har yili bu kasallikning 400 ga yaqini holati qayd etiladi. Bu yil, avvalgi holatlardan farqli o‘laroq, xastalik epidemiyasi katta shaharlarni ham qamrab oldi, bu esa uning tarqalish xavfini oshirdi. O‘tgan yillarga nisbatan o‘pka o‘latining tez tarqalishi aholining harakatlanishi tezlashgani bilan bog‘liq.











