Yevropaning 2017 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan Golden boy sovrini uchun kurash olib boradigan asosiy uchlik tanlab olindi.

Goal xabariga ko‘ra, ular - Kilian Mbappe («PSJ»), Gabriel Jyezus («Manchester Siti») va Usmon Dembele («Barselona»).

Foto: Getty Images

Eslatib o‘tamiz, avvalgi yili bu sovrinni «Bavariya» yarimhimoyachisi Renatu Sanshesh qo‘lga kiritgandi.

Golden boy – Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrindir.