Qur'adan oldin FIFA 8ta terma jamoani 2ta savatchaga ajratgan edi. Birinchi savatchadan Italiya, Xorvatiya, Shveytsariya va Daniya terma jamoalari joy olgan bo‘lsa, Shimoliy Irlandiya, Shvetsiya, Irlandiya va Gretsiya 2-savatchaga joylashtirildi.

Tsyurix shahrida telejurnalist Vanessa Happenkazen va afsonaviy futbolchi Fernando Yyerro tomonidan o‘tkazilgan qur'a natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Shimoliy Irlandiya - Shveytsariya
Xorvatiya - Gretsiya
Daniya - Irlandiya
Shvetsiya - Italiya

Pley-off bahslari 9-11 noyabr hamda 12-14 noyabr kunlariga rejalashtirilgan.