Maxsus malaka darajalari tergov bo‘linmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, surishtiruvchilar, tergovchilar, surishtiruv ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘linmalari xodimlari, tergov faoliyatini tashkillashtirish bo‘linmalari xodimlari, axborot-tahlil bo‘linmalari xodimlari, kadrlar bo‘linmalari xodimlariga beriladi.
 
Maxsus malaka darajasi mezonlar asosida 100 balli baholash tizimi bo‘yicha belgilanadi. Ular uchun qo‘shimcha ustamalar o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, quyidagilar uchun bir martalik pul mukofoti ko‘zda tutilgan:

•  og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali tergov qilganlik uchun — 4 EKIH;
•  og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik uchun — 6 EKIH;
•  o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik uchun — 8 EKIH.