"Sud sirtdan ushlash choralarini qo‘lladi", - degan u.
Tsareva so‘zlariga ko‘ra, Moskva aksildoping laboratoriyasining sobiq rahbariga RF JKning 201-moddasi 2-qismi (mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Hibsga olish muddati 2 oy etib belgilangan. Rodchenkovning Rossiya sportida ommaviy dopinglar qo‘llash dasturi borligi haqidagi bayonoti rossiyalik sportchilarni yirik xalqaro turnirlardan chetlatishga olib keldi.
Shundan so‘ng, WADA tergov o‘tkazib, XOQga barcha rossiyalik sportchilarni Olimpiada o‘yinlaridan chetlatishni tavsiya qildi. Rossiya rasmiylari Rodchenkov bayonotini butunlay rad etadi.











