«Tomonlar KXDR tomonidan ro‘y berayotgan fitna harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi va so‘nggi raketa parvozi tufayli qat'iy choralarni ko‘rish haqida bir fikrga kelishdi. Bundan tashqari, tomonlar «Yaponiya-AQSh», «Yaponiya-AQSh-Janubiy Koreya» shakllarida qalin hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Bu shu paytgacha misli ko‘rilmagan darajada bosim o‘tkazish va KXDRni o‘z siyosatini o‘zgartirishga majburlash uchun kerak», - deya ma'lum qilishgan vazirlikdan.
Yaponiya tashqi siyosat idorasining bunday bayonoti mamlakat TIVning Osiyo va Okeaniya departamenti rahbari Kendzi Kanasuganing AQSh davlat departamentining KXDR masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jozef Yun hamda Janubiy Koreya TIVning Koreya yarim orolidagi tinchlik va xavfsizlik ishlari bo‘yicha maxsus vakili Kim Xon Gyun bilan o‘tkazgan muzokaralaridan so‘ng e'lon qilindi.
Avvalroq OAV BMT Xavfsizlik Kengashi bugun KXDR tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi haqida xabar bergandi.











