Shaharning eng katta ziyon ko‘rgan tumanlaridan kishilarni xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari davom ettirilmoqda.

AQSh dovullar haqida ogohlantirish Milliy markazi Florida aholisini hayot uchun xavfli bo‘lgan suv toshqinlari haqida ogohlantirdi. Ular «Irma» dovuli sabab yuzaga kelishi mumkin.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp esa Florida hududida yirik tabiiy ofat rejimini e'lon qilish haqidagi farmonni imzoladi.

Avvalroq «Irma» dovuli Floridaga yopirilgani xabar qilingandi.