Havana aeroporti yopildi, reyslar bekor qilindi. Qator hududlarda elektr ta'minoti va telefon aloqasida uzilishlar qayd etilmoqda.
Hammadan ko‘p Kamaguey va Sego-de-Avila provinsiyalari jabr ko‘rgan, bu yerda dovul daraxtlar va uylar tomini qulatgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar yo‘q.
Dovul tahdidi Florida hukumatini eng yangi tarixdagi eng yirik aholi evakuatsiyasi operatsiyasini amalga oshirishga majbur qildi: Floridaning 72 mingdan ziyod aholisi 390 vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan. Umumiy hisobda 6,3 million kishi evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan.











