Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda «O’zbegim» milliy qadriyatlari milliy qadriyatlar festivalining o‘tkazilishi munosabati bilan 8 sentabr kuni transport harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxatini e'lon qildi. 

Harakat cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati:
8 sentabr soat 10.00dan 20.00gacha.

— Amir Temur-Shahrisabz ko‘chasidan Navoiy ko‘chasiga qadar;

— Shevchenko-Shahrisabz ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasiga qadar;

— Islom Karimov-Sharof Rashidov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasiga qadar;

— Matbuotchilar-Sharof Rashidov ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasiga qadar;

— Buyuk Turon-Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasiga qadar;

— Zarafshon-Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasiga qadar;

— Oloy-Shahrisabz ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasiga qadar;

— Mustaqillik-Shaxrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyoboniga qadar;

— Maxtumquli-Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasiga qadar;

— Istiqbol-Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyoboniga qadar.

Shuningdek, tadbir o‘tkaziladigan vaqtda sharoit taqozo etsa, yuqorida ko‘rsatilgan ko‘chalarga yondosh boshqa ko‘chalarda ham transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.