Vazirlikdagi manbaning «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, Abdusalom Azizov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangan.

Sobiq mudofaa vaziri, general-polkovnik Qobul Berdiyevning keyingi ish joyi ma'lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Abdusalom Azizov shu yilning yanvarida Adhamjon Ahmedboyev o‘rniga Ichki ishlar vaziri etib tayinlangandi.