Shamol tezligi soatiga 85 kilometrga yetgan.
Po‘rtana tufayli kuzatilgan kuchli yomg‘irlar sababli 1,4 ming aholi o‘z uyini tark etdi. Hozirgi paytda ular vaqtinchalik joylashtirish markazlarida qolmoqda.
Ta'kidlanishicha, taxminan 20 ming xorijiy sayyoh mushkul vaziyatda qolgan, sababi aviatashuvchilar mintaqaga reyslarning bekor etilishi haqida ma'lum qilishdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp «Harvi» dovuli oqibatlarini bartaraf etishga 7,85 mlrd dollar so‘ragani xabar berilgandi.











