AS nashri xabariga ko‘ra, Mahrez «Barselona»ga o‘tadi. Uning transferi qiymati 50 mln yevroni tashkil qiladi.
Shu bilan bir vaqtda Fransiyadagi L'Équipe nashri, 26 yoshli bu futbolchiga «Chelsi» va «Tottenhem» asosiy da'vogarlar ekanini yozmoqda.
«Lester» safida Mahrez 2014 yildan buyon to‘p surmoqda. U bu jamoa safida jami 141 o‘yin o‘tkazgan va 35 gol urib, 27 golga uzatma bergan.











