“Tolibon” radikal harakati AQSh yetakchisi Donald Trampga ochiq xat yo‘lladi. Unda qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqishga chaqirilgan, deb xabar bermoqda Associated Press.
Ta'kidlanishicha, ingliz tilida yozilgan xat jurnalistlarga guruh vakili Zabihulloh Mujohid tomonidan yuborilgan.
Hujjatda aytilishicha, Tramp AQShning Afg‘onistondagi siyosatini olib borishni harbiy generallarga topshirmasligi lozim. Buning o‘rniga Amerika yetakchisi qo‘shinlar sonini oshirmasligi, balki ularning olib chiqilishi haqida ma'lum qilishi lozim.
Shuningdek, ta'kidlanishicha, qo‘shinlarni olib chiqish “meros qilib olingan urushga yakun” yasaydi.
Avvalroq Rossiya TIV AQShga Afg‘oniston bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi.











