«Biz qo‘riqlanuvchi hududlarda noqonuniy qidiruv va foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini to‘xtatamiz hamda qat'iy nazorat o‘rnatamiz, bu ekologiyani himoya qilish va barqaror iqtisodiy rivojlanishga ko‘mak beradi», - deya yer byurosining mineral resurslar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Mamatning so‘zlarini keltiradi gazeta.
Ta'kidlanishicha, 2020 yilga kelib ba'zi qo‘riqxona hududlarida qazib olinuvchi sanoat butunlay to‘xtatiladi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, qazilma ishlari olib boriluvchi tumanlarda baqtriya tuyalari yashaydi, ularning Shimoli-G‘arbiy Xitoy va Mo‘g‘ulistondagi umumiy soni 1 ming boshdan ham oshmaydi.
Avvalroq Fors ko‘rfazidagi nizo minglab tuyalarning nobud bo‘lishiga olib kelgani xabar qilingandi.











