"Har yili 4 avgust "Barak Obama kuni" sifatida nishonlanadi. Bu kun o‘zining faoliyatini Illinoys odamlariga xizmat qilishdan boshlagan va o‘z hayotini amerikaliklar huquqini himoya qilishga va jamoalar orasida ko‘priklarni yo‘lga qo‘yishga baxshida qilgan AQShning 44-prezidentiga bag‘ishlanadi", deb aytilgan farmonda.

Bayram federal bayram hisoblanmaydi, shu sababli barcha davlat muassasalari bu kun ishlaydi.

Obama 1961 yilning 4 avgustida Gavayida tug‘ilgan. U AQSh prezidenti bo‘lib saylanguncha Illinoys shtatidan federal senator hisoblangan.