Bu viloyat 17 iyundan 23 iyungacha qazib olinuvchi yonilg‘i energiyasidan voz kechdi. Bu viloyatda 5,8 mln kishi yashaydi. GES zarur energiyaning 72,3 foizini ta'minlagan bo‘lsa, qolgan energiya quyosh va shamol elektrostansiyalari hisobiga qoplandi. Bu esa 535 ming tonna ko‘mirni yoqish bilan barobardir. Ushbu tajriba elektr tarmoqlarga javob beruvchi davlat korporatsiyasi tomondan tashkillashtirilgan. Unga tayyorgarlik bir necha oy davomida olib borilgan. Xitoylik energetiklar bu natijalar bilan juda faxrlanmoqdalar, chunki mamlakatdagi jiddiy o‘zgarishlarga birinchi qadam bo‘ldi.

Avvalroq bunday tajribalar boshqa davlatlarda o‘tkazilgan. Misol uchun, o‘tgan yil Shotlandiya bir kun davomida faqatgina shamol energiyasidan foydalanilgan. Shamol generatorlaridan olinuvchi 39 454 MVt energiya mamlakatning har kungi energiya iste'molini 106 foizga ta'minlashga yetdi. Biroq bunga kuchli shamolli ob-havo sharoiti evaziga erishilgan, ko‘plab sanoat korxonalari tomondan esa elektr energiyani iste'mol qilish kamaytirilgan. Shotlandiya sohillari yaqinida Egg oroli mavjud bo‘lib, uning aholisi quyosh, suv va shamoldan olinuvchi energiya hisobigagina yashaydi. Aholidan hech kim elektr energiya uchun haq to‘lamaydi, energetik kompaniya esa orolliklarning o‘zi tomondan yaratilgan.