"Hindiston va Pokiston Markaziy Osiyo bilan ginetik darajada bog‘liq, deb o‘ylayman. Bu davlatlar bilan bizning madaniyatimiz, arboblarimiz va qardoshlik rishtalarini inobatga olib, ularni begona deb ayta olmaymiz. O‘ylaymanki, aksincha - hozirgi Markaziy Osiyodagi muammolarning aksariyati aynan shu ikki mamlakat bilan yechimini topishi mumkin. 

Nima uchun O‘zbekiston Pokiston va Hindistonning ShHTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi? Masalan, xavfsizlik masalasi. Afg‘onistonning asosiy muammolaridan biri - bu tashqi ta'sir. Biz qo‘shni mamlakatlar bilan u yerda tinchlikni qaror toptirishga doir dasturlarni amalga oshirishimiz kerak. Buni esa Pokiston va Hindistonsiz hal qilib bo‘lmaydi", - deya fikr bildirdi Safoyev.