O‘zbekistonda neft va gaz sohasidagi ikkita kollej bor. Bundan tashqari 15 ta kollej "O‘zbekneftgaz" tizimiga biriktirilgan. Ulardagi bitiruvchilarning barini barqaror ish bilan ta'minlash - soha xodimlari oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri ekani ta'kidlandi.  

Shuningdek bugungi kunda neft va gaz sohasi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha dunyoning yirik kompaniyalari bilan hamkorlik qilinayotgani aytildi. Bunga yaqqol misol sifatida yaqinda jahonga mashhur General Electric kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalari keltirildi. Hozirda o‘z xodimlarimizni General Electric qurilmalarida ishlash bo‘yicha o‘qitish ishlari olib borilayotgani qayd etildi. 

Ma'lum qilinishicha, bugungi kungacha O‘zbekistondagi yirik loyihalar chet el muhandislik kompaniyalarini jalb qilgan holda amalga oshirilgan. Shu narsaning oldini olish, chet elga chiqib ketayotgan valyutani o‘zimizda olib qolish maqsadida bu yo‘nalishga katta e'tibor qaratilmoqda. O‘zimizning muhandislarimizni zamon talabidan kelib chiqib, zamonaviy texnologiyani loyihalashni respublikamizda yo‘lga qo‘yish masalasi maqsad qilingani aytildi.