Kanaveral burnidagi ob-havo raketani uchirish uchun 60 foizga qulay bo‘ldi. Ob-havo mutaxassislarida faqat bulutlilik xavotir uyg‘otdi. Dastlab raketa 1 iyunda uchirilishi kerak edi, biroq noqulay ob-havo sharoitlari va chaqmoqlar tufayli parvoz qoldirilgandi.
SpaceX raketaning pastki pog‘onasining ajralishini, yuqori pog‘onasining Dragon kemasidan ajralishini, kemaning orbitaga olib chiqilishi va quyosh batareyalari panellari ochilganini tasdiqlagan. Yuk kema 5 iyun kuni XKS bilan AQShning Sharqiy sohili vaqti bo‘yicha soat 10:00da (Toshkent vaqti bilan 19:00da) tutashishi kerak.
Kompaniya navbatdagi marta Yerga raketaning quyi pog‘onasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Quyi pog‘ona Kanaveral burnidagi platformaga qo‘ndirildi.
E'tiborlisi, amerikaliklar 2014 yilda XKSga yuk yetkazishda qo‘llangan Dragon kemasini takroran qo‘llashdi. Hawthorne kompaniyasi kemaning termohimoyalovchi qobig‘i va bir qator qismlarini almashtirdi. Shu bilan birga kemaning shlyuzi va kichik tortish kuchiga ega dvigatellarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan.
AQSh kemasi XKSga 3 tonna yuk: oziq-ovqat, 250 dan ko‘proq ilmiy tajribalarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan materiallarni olib ketmoqda.











