Manbaga ko‘ra, AlphaGo Tsze bilan kechgan birinchi o‘yinda g‘olib bo‘lgan, biroq tomoshabinlar uni jonli efirda ko‘ra olishmagan, chunki Xitoy hukumati efir olib borish istagida bo‘lgan saytlarni oldindan ogohlantirgan. 

"AlphaGo va Ke Tsze o‘rtasidagi go o‘yiniga keladigan bo‘lsak, hech bir sayt uni translyatsiya qilish huquqiga ega emas", - deyiladi hukumat bayonotida. 

Nashrda yozilishicha, taqiqlov nafaqat video, balki matnli translyatsiya, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar va push-xabarlarga ham taalluqli.