Uning aniqlik kiritishicha, muammo medallarning 6-7 foizida yuzaga kelgan. Ustki qoplama asosan bronza medallarida zanglashni boshlagan, turli kamchilik 130 tadan ortiq medalda aniqlandi.
«Medallar bilan muammolar, ular noto‘g‘ri ishlangani yoki ularni tushirib yuborishgani sabab yuzaga kelgan. Lok ko‘chib ketgan joylar qorayib yoki zanglab ketgan», - dedi Mario Andrada.
Shuningdek, Andradaning fikricha, turli muammolar kelib chiqqan 10 ta mukofotda bu harorat darajasidagi farq bilan bog‘liq.
Olimpiya medallarini tayyorlash bilan shug‘ullangan Braziliya zarbxonasi muammoli barcha medallarni almashtirib berishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 2488 ta medal tayyorlangan, ularning taxminan 30 foizi qayta ishlangan materiallardan qilingan.











