"Yonhap" agentligi tomonidan keltirilgan vazirlik bayonotida aytilishicha, Janubiy Koreya o‘zining «asosiy pozitsiyasi»ni o‘zgartirmagan — mamlakat hukumati AQShga raketaga qarshi THAAD tizimini joylashtirish uchun o‘z hududini taqdim etmoqda, xolos. AQSh uni o‘rnatish va boshqarish uchun javobgarlikni zimmasiga oladi.
Bundan oldinroq Tramp Seulga Koreya hududiga THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi o‘rnatilgani uchun 1 milliard dollar to‘lov uchun hisob yubormoqchi ekanini aytgani xabar qilingandi.











