Mardin shahrida o‘tgan namoyishda Erdo‘g‘an nutq so‘zlayotganda bir necha marta ovozi bo‘g‘ilib qolgan.

Nashrning Turkiyaning yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasining Van viloyatidagi bo‘limi rahbari Zoxir Sog‘anduga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, Erdo‘g‘anning Van viloyatida 1 aprelga belgilangan chiqishida uning o‘rniga bosh vazir   Binali Yildirim ishtirok etadi. Bunga sabab sifatida Erdo‘g‘anning "tomog‘i shamollab qolgani" aytilgan. 

Ma'lum qilinishicha, Erdo‘g‘anning 31 martda Erzurum shahrida o‘tishi belgilangan nutqi 15 aprelga ko‘chirilgan.