Endilikda 31 yoshli Jyeymsning hisobida 28 599 ochko (har bir o‘yinda o‘rtacha 27,1 ochko) bor. O'Nil esa "Leykers", "Orlando", "Mayami", "Finiks", "Klivlend" va "Boston"da o‘ynab, faoliyati davomida 1207 o‘yinda 28 596 ochkoni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Jyeyms esa bunday ko‘rsatkichga erishish uchun 1055 o‘yinda qatnashdi.

Ma'lumot uchun, ro‘yxatning birinchi o‘rnida Karim Abdul-Jabbor qayd etilgan, uning hisobida 38 387 ochko bor.