"Shimoliy Koreya yer ostida yadroviy portlashni amalga oshirishga tayyorgarlikni yakunladi. U mamlakat yetakchisi Kim Chen Indan tegishli buyruq olingandan keyin bir necha soat davomida amalga oshirilishi mumkin", deb aytgan janubiy koreyalik zobit.
Uning aytishicha, Janubiy Koreya harbiylari amerikalik hamkasblari bilan Shimoliy Koreyadagi Tochxan-ri poligonidagi "vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqdalar". Uning fikricha, yadroviy sinov mart oyi oxirigacha amalga oshirilishi mumkin.
Shimoliy Koreya ayni vaqtgacha 2006, 2009, 2013 va 2016 yillarda 5 ta atom sinovini o‘tkazgan.











