Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Kayya Germaniyada safarda. Endi vazir Niderlandiyada uning ishtirokidagi tadbirlar bekor qilinganiga qaramasdan, u yerga yo‘l olmoqchi.
Mavlud Chovusho‘g‘lu 11 mart kuni Niderlandiyaning Rotterdam shahrida turk jamoasi namoyishida ishtirok etib, ikki fuqarolikka ega turklarni Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqchi edi. Turkiyada boshqaruvning parlament shaklidan prezidentlik shakliga o‘tishni ko‘zda tutuvchi konstitutsiyaga o‘zgarishlar bo‘yicha referendum 16 aprelda bo‘lib o‘tadi.
Rotterdam meri Niderlandiya hukumati Chovusho‘g‘luga namoyishda ishtirok etishga ruxsat bermasligini aytganiga qaramasdan, turk vaziri baribir Rotterdamga borishini va agar niderlandlar unga qarshilik ko‘rsatsalar, sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgandi. Shundan keyin Niderlandiya hukumati Chovusho‘g‘lu samolyotiga mamlakatga qo‘nishga ruxsat bermagan.











