Li Chje Yonning o‘zi ish bo‘yichi dastlabki eshituvga kelmadi, uning manfaati himoya vakili tomonidan ifodalandi.
Avvalroq Janubiy Koreya sudi prokuratura tomonidan Li Chje Yonni hibsga olish haqidagi so‘rovni ma'qulladi, shundan so‘ng u qamoqqa olindi. Samsung rahbariyati esa kichik bayonot bilan chiqdi, unda kompaniya sud jarayonida "barcha haqiqat oshkor bo‘lishi uchun kerakli harakatlarni amalga oshirishi" aytilgan.
Li Chje Yonni hibsga olish uchun yanvarda Janubiy Koreya sudiga yo‘naltirilgan birinchi so‘rov rad etilgandi. Tergovga ko‘ra, aynan Li Chje Yon mamlakat prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi – Chxve Sun Silga moliyaviy ko‘mak berish haqida qaror qabul qilgan. Bu hukumat tomonidan ma'lum yengilliklar berilishi evaziga qilingan. Xususan, korporatsiya Chxve Sun Sil va uning qiziga tegishli bo‘lgan hamda Germaniya ro‘yxatdan o‘tgan firma hisob raqamiga bu kompaniya tomonidan go‘yoki ko‘rsatilgan konsultatsiya xizmatlari evaziga 18 mln dollardan ko‘proq mablag‘ni o‘tkazib bergan. Shuningdek Chxve Sun Sil tomonidan tashkil etilgan nodavlat jamg‘armalarga yirik miqdorda mablag‘lar o‘tkazilgan.
Tergovchilarning fikricha, Samsung buning evaziga aksiyalari davlat pensiya jamg‘armasi tomonidan boshqarilgan bir qator bo‘linmalari qo‘shilishini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlangan.











