"YaIM taxminan 6,5 foizga o‘sadi, biroq biz amalda yaxshiroq natijaga erishishga harakat qilamiz", deb aytildi Xitoyning islohotlar va rivojlanish davlat qo‘mitasi ma'ruzasida.
Avvalroq Xitoyning YaIM o‘sish sur'atlari 2016 yilda 6,7 foizni tashkil qilgani ma'lum qilingandi. 2015 yilda esa bu ko‘rsatkich 6,9 foiz darajasida bo‘lgan.
Shu bilan birga 2017 yilda Xitoy davlat byudjyeti defitsiti YaIMning 3 foizini tashkil qiladi.
Pul hisobida bu 2,38 trln yuanni (346 mlrd dollarni) tashkil qiladi. Bu esa 2016 yilgi shu ko‘rsatkichdan 200 mlrd yuanga ko‘proqdir.











